» » Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish

Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish


Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari kimoshdi savdolari asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.

Yer uchastkalari berishda (realizatsiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to‘g’risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o‘rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig’inlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to‘g’risida xulosa chiqaradi. Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.
Yer uchastkalari birinchi navbatda:
•    Yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;
•    Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga;
•    Baynalmilal jangchilarga;
•    Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning oilalariga;
•    Mehnat faxriylariga;
•    O‘zlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.
Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish to‘g’risida qaror qabul qiladi. Yer uchastkasini kimoshdi asosida sotishda hokimning qarori kimoshdi natijalari asosida 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi ajratish va uning chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:
•    tuman (shahar) hokimining qaroridan ko‘chirma;
•    uchastka chegaralari chizilgan massivning bosh rejasidan nusxa.
Yer uchastkalari berish to‘g’risida iltimos qilgan barcha fuqarolarga yer uchastkalari ajratish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi. Navbatda turish tartibida yer uchastkalari olishga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi. Iltimos qiluvchilar yer uchastkasi berishning taxminiy muddati ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilganlik to‘g’risida xabardor qilinishi kerak. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mavjud emasligi yer uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Yer uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Yer uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.

DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA

 

Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan

O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni,

O‘zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni,

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni,

O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuni,

O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni,

O‘zR 23.05.2005 y. O‘RQ-2-son Qonuni,

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuni,

O‘zR 31.12.2008 y. O‘RQ-197-son Qonuni,

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni,

O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni,

O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni

 

 

Muqaddima

1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)

2-bob. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish. Yerga egalik qilish,

erdan foydalanish va suv iste’moli (7-11-moddalar)

3-bob. Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining

huquq va majburiyatlari (12-14-moddalar)

4-bob. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki (15-18-moddalar)

5-bob. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining asoslari (19-26-moddalar)

6-bob. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini

to‘xtatish) (27-28-moddalar)

7-bob. Yakunlovchi qoidalar (29-31-moddalar)

 

 

Ushbu Qonun dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.

 

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. Dehqon xo‘jaligi

2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolari

4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i

5-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi

6-modda. Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish

 

 

1-modda. Dehqon xo‘jaligi

 

Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi.

Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.

 

 

2-modda. Dehqon xo‘jaligi

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

 

Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

 

3-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolari

 

Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga etgan boshqa qarindoshlari kiradi.

 

 

4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i

 

Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligi nomidan shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

 

 

5-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda matni)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira erlarda tashkil etiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.

Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.

Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.

 

 

6-modda. Dehqon xo‘jaligini

davlat ro‘yxatiga olish

 

Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligiga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Agar davlat ro‘yxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘i asossiz deb hisoblaydigan sabablarga ko‘ra rad etilgan bo‘lsa, xo‘jalik boshlig‘i sudga murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. (O‘zR 31.12.2008 y. O‘RQ-197-son Qonuni taxriridagi qism)

 

 

2-BOB. DEHQON XO‘JALIKLARIGA yer BERISh.

ERGA EGALIK QILISh, ERDAN FOYDALANISh

VA SUV ISTE’MOLI

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi bob nomi)

(Oldingi tahririga qarang)

 

7-modda. Tomorqa yer uchastkasi

8-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish shartlari

9-modda. yerga egalik qilish va yerdan foydalanish

10-modda. Tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik

uchun to‘lanadigan haq

11-modda. Suv iste’moli

 

 

7-modda. Tomorqa yer uchastkasi

 

Tomorqa yer uchastkasi - qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun etishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.

Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan guvohlantiriladi.

 

 

8-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish shartlari

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda matni)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan er uchastkalariga tatbiq etilmaydi.

Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.

Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa etishtirishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.

Dexqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun xujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

9-modda. yerga egalik qilish va yerdan foydalanish

 

Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan tomorqa yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas.

Tomorqa yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, tomorqa er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi yer uchastkasini olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilgandan keyin, dov-daraxtlar, buzilayotgan binolar va inshootlarning yoxud ularni boshqa joyga ko‘chirish yoki boshqa binolar va inshootlar qurish qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan foydani qo‘shgan holda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘la hajmda to‘langan holda yo‘l qo‘yiladi. (O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

10-modda. Tomorqa er uchastkasidan

foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq

 

Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i tariqasida undiriladi.

 

 

11-modda. Suv iste’moli

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Dexqon xo‘jaliklarining suv iste’moli ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob’ektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

3-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING HAMDA UNING

A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

 

12-modda. Dehqon xo‘jaligining huquq va majburiyatlari

13-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlari

14-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari

 

 

12-modda. Dehqon xo‘jaligining

huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining sub’ekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;

etishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;

o‘zi etishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;

xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarga sotish uchun va yerkin savdoga mo‘ljallangan aktsiyalarni sotib olish;

o‘z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‘yish.

Dehqon xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart:

tomorqa yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;

tabiiy ob’ekt bo‘lmish yerga zarar etkazmaslik;

tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;

yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;

agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;

dehqon xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lish;

xo‘jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash.

Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.

 

 

13-modda. Dehqon xo‘jaligi

boshlig‘ining huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega: dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish; ishonchnomalar berish; bankda hisobvaraqlar ochish. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

 

14-modda. Dehqon xo‘jaligi

a’zolarining huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi a’zolari:

xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o‘z ulushini olish;

qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish, shuningdek tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish uchun dehqon xo‘jaligida sarflangan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.

Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligi a’zolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.

 

 

4-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING MOL-MULKI

 

15-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki

16-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga bo‘lgan mulk huquqi

17-modda. Dehqon xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari

18-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish

 

 

15-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki

 

Dehqon xo‘jaligi:

o‘ziga qarashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk ob’ektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;

ishlab chiqarish faoliyati natijasida etishtirilgan mahsulotga;

olingan daromadga (foydaga);

qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lingan boshqa mol-mulkka mulkdordir.

 

 

16-modda. Dehqon xo‘jaligining

mol-mulkiga bo‘lgan mulk huquqi

 

Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.

Dehqon xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi.

Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

17-modda. Dehqon xo‘jaligining

mablag‘lari va hisob-kitoblari

 

Dehqon xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni yerkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.

Dehqon xo‘jaligining hisob-kitob hisobvarag‘idan mablag‘larni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.

 

 

18-modda. Dehqon xo‘jaligining

mol-mulkini meros qilib qoldirish

 

Dehqon xo‘jaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari normalariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.

 

 

5-BOB. DEHQON XO‘JALIGI

FAOLIYaTINING ASOSLARI

 

19-modda. Dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati

20-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat

21-modda. Mahsulotni dehqon xo‘jaligi tomonidan realizatsiya

qilish tartibi

22-modda. Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati

23-modda. Dehqon xo‘jaligiga soliq solish

24-modda. Dehqon xo‘jaligini kreditlash va sug‘urtalash

25-modda. Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda

qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish

26-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish

 

 

19-modda. Dehqon xo‘jaligining

ishlab chiqarish faoliyati

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli.

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi shart.

Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga shu jumladan ular tomonidan agrotexnika usullarini, etishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining dehqon xo‘jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xo‘jaligiga etkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.

Yuridik shaxs tariqasida ro‘yxatga olingan dehqon xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi.

 

 

20-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat

 

Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida), boshqa qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xo‘jaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

 

 

21-modda. Mahsulotni dehqon xo‘jaligi

tomonidan realizatsiya qilish tartibi

 

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.

 

 

22-modda. Dehqon xo‘jaliklarining

birgalikdagi faoliyati

 

Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot etishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.

 

 

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuniga muvofiq 23-modda chiqarib tashlangan

 

23-modda. Dehqon xo‘jaligiga soliq solish

 

Yuridik shaxs tashkil etgan holda hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk solig‘i to‘laydi.

Dehqon xo‘jaligidan yer solig‘i tomorqa yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan miqdorda undiriladi. Soliq solish tartibi hamda dehqon xo‘jaligi to‘laydigan yer solig‘ining stavkalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Birinchi marta tomorqa yer uchastkasi olgan dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

 

 

24-modda. Dehqon xo‘jaligini

kreditlash va sug‘urtalash

 

Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.

Dehqon xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik ob’ektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, etishtirilgan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi.

 

 

25-modda. Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa

tarzda qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini

muvofiqlashtirish

 

Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Davlat organlari dehqon xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik ob’ektlari bo‘lmagan hududda dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurish, suv bilan ta’minlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash) ishlarini amalga oshiradi;

dehqon xo‘jaliklariga ishlab chiqarish ob’ektlari va turar joylarni barpo etishda yordam ko‘rsatadi;

dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashadi;

navli urug‘lik va qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘chat materiallarini, organik va mineral o‘gitlarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini etkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat ko‘rsatadi;

qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda ko‘maklashadi;

chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda ko‘maklashadi;

dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga zooveterinariya xizmati ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratadi;

dehqon xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadi;

konsalting va axborot xizmatlari ko‘rsatadi.

Dehqon xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari dehqon xo‘jaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

26-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining

natijalarini hisobga olish

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi.

 

 

6-BOB. DEHQON XO‘JALIGINI TUGATISh

(FAOLIYaTINI TO‘XTATISh)

 

27-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslari

28-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) tartibi

 

 

27-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish

(faoliyatini to‘xtatish) asoslari

 

Dehqon xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi):

xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa;

tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;

tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda;

belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;

agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;

dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda.

 

 

28-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish

(faoliyatini to‘xtatish) tartibi

 

Dehqon xo‘jaligi:

dehqon xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi).

Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

 

7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

 

29-modda. Nizolarni hal etish

30-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik

31-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

 

29-modda. Nizolarni hal etish

 

Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

 

 

30-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.

Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi mol-mulki etarli bo‘lmaganda, qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgar bo‘ladi. (O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni taxriridagi qism)

 

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin

 

Davlat dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha, dehqon xo‘jaligi esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

 

 

31-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik a’zolarining va unda vaqtinchalik asosda ishlayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogida etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.

Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud etarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. (O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism tegishincha to‘rtinchi qism deb hisoblansin

 

Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

ER KODEKSI

 

O‘zbekiston Respublikasining 30.04.1998 y.

598-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

30.04.1998 y. 599-I-son Qaroriga muvofiq

01.07.1998 y.dan amalga kiritilgan

 

Mazkur Kodeksga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan:

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni,

O‘zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni,

O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni,

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuni,

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni,

O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni,

O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni

 

1-bob. Umumiy qoidalar (1-7-moddalar)

2-bob. yer fondi (8-10-moddalar)

3-bob. yer tuzish (11-15-moddalar)

4-bob. yerga bo‘lgan mulkchilik. Yuridik va jismoniy shaxslarning

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari (16-38-moddalar)

5-bob. yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi

mulkdorining huquq va majburiyatlari (39-42-moddalar)

6-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (43-58-moddalar)

7-bob. Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq

aholi punktlarining) yerlari (59-68-moddalar)

8-bob. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga

mo‘ljallangan yerlar (69-70-moddalar)

9-bob. Tabiatni muqofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya

maqsadlariga mo‘ljallangan erlar va tarixiy-madaniy

ahamiyatga molik yerlar (71-75-moddalar)

10-bob. O‘rmon fondi, suv fondi yerlari va zaxira

erlar (76-78-moddalar)

11-bob. yerlarni muhofaza qilish (79-82-moddalar)

12-bob. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan nazorat (83-85-moddalar)

13-bob. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari

ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zarar hamda

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi

nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash (86-88-moddalar)

14-bob. yer xususidagi nizolarni hal etish hamda yer to‘g‘risidagi

qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik (89-91-moddalar)

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari

2-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy printsiplari

3-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

1-modda. yer to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarining asosiy vazifalari

 

Er umum milliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

 

Qarang: Konstitutsiyaning* 55-moddasi

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.

 

2-modda. yer to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarining asosiy printsiplari

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

erlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;

erga va butun atrof tabiiy muhitga zarar etkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

erga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

erdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;

erlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan yerkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.

 

3-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

 

Qarang: "NORMA” AQT qonunchilik Klassifikatorining "O‘zR Tadbirkorlik faoliyati tug‘risida” papkasining "Tabiatdan foydalanish. Atrof-muhitni muhofaza qilish” papkasi "Er to‘g‘risidagi qonunchilik” kichik papkasi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

Qarang: "NORMA” AQT qonunchilik Klassifikatorining "O‘zR Tadbirkorlik faoliyati tug‘risida” papkasining "Tabiatdan foydalanish. Atrof-muhitni muhofaza qilish” papkasi

 

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

 

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:

erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; (O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;

erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati

organlarining yer munosabatlarini tartibga solish

sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

er resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yuridik shaxslarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;

o‘lchamidan qat’i nazar barcha yerlarni olib qo‘yish, alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari erlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlar bundan mustasno; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

diplomatiya vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan erlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish - har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o‘n gektargacha o‘lchamda;

fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish;

fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;

er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;

er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqinikimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi), (Oldingi tahririga qarang)

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

erlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

er uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, shahar chegarasi doirasida egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;

er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;

er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi), (Oldingi tahririga qarang)

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

2-BOB. yer FONDI

 

8-modda. yer fondi toifalari

9-modda. yerlarni toifalarga bo‘lish

va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish

10-modda. yer uchastkasi

 

8-modda. yer fondi toifalari

 

O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerla

скачать dle 10.4фильмы бесплатно
4-01-2019, 08:22
4064 marta ko'rildi
  
Муҳокамаларда иштирок этиш учун рўйҳатдан ўтинг.