» » Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar

Xorazm viloyat hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi
 

Viloyat hokimligi apparatida jami 44 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Bular viloyat hokimining beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosarlari, ularning besh nafar mutaxassisdan iborat kotibiyatlari, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari guruhi, axborot-taxlil guruhi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muxofaza qilish organlari faoliyati, harbiy-safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruh, safarbarlik tayyorgarligi guruhi, umumiy bo‘lim va ishlar boshqarmasidan iborat.

Bo‘linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi apparati:

- soxalar va xududlarda o‘tkazilayotgan isloxotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta’minlaydi;

 

- hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyixalarini belgilangan muddatda ishlab chikilishini tashkil kiladi. Yukori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining maxalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;

- bo‘lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taallukli masalalar bo‘yicha taxliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va muloxazalarni umumlashtiradi. Viloyat hokimligi apparati bo‘linmalari faoliyatiga viloyat hokimi va hokim o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va xujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

korish uchunVILOYaT-OKIMLIGI-APPARATI.pdf [564,58 Kb] (cкачиваний: 4)

скачать dle 10.4фильмы бесплатно
4-01-2019, 23:41
2222 marta ko'rildi
  
Муҳокамаларда иштирок этиш учун рўйҳатдан ўтинг.